O‘zbekiston | 13:47 / 24.05.2019
2619
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaotada O‘zbekiston - Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasining yig‘ilishi yakunlandi

Foto: mfer.uz

2019 yilning 20-24 may kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 2019 yili O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasida o‘tkaziladigan dala demarkatsiya ishlari hajmi jadvali tasdiqlandi hamda davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalari demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari tasdiqlandi, deyiladi TIV xabarida.

Qayd etilishicha, yig‘ilish yakunlariga ko‘ra tegishli bayonnoma imzolangan.

Bundan oldin, 22- 26 aprel kunlari Guliston shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid