Jahon | 23:29 / 25.05.2019
17659
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston prezidenti Narendra Modini bosh vazir etib tayinladi

Foto: AP Photo/Manish Swarup

Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind "Bxaratiya janata parti" (BDP) yetakchisi  Narendra Modini bosh vazir etib tayinladi. Bu haqda Hindiston prezidentining Twitter sahifasida ma'lum qilindi.

Prezident shanba kuni Modi bilan uchrashdi va undan mamlakatning yangi hukumatini shakllantirishni hamda vazirlar mahkamasi a'zolari ro‘yxatini taqdim etishni so‘radi. 

Foto: @rashtrapatibhvn / Tvitter

"Yaqin kunlar ichida hukumat faoliyatini boshlaydi. Hech bir soniya bejiz ketmaydi", - dedi Modi uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga.

Hindistonda bir oydan ortiqroq davom etgan parlament saylovlari 19 may kuni nihoyasiga yetdi. 

Foto: @rashtrapatibhvn / Tvitter
Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid