Jahon | 18:31 / 26.05.2019
6548
1 daqiqa o‘qiladi

AFP: Iroqda uch fransiyalik IShIDga aloqadorligi uchun o‘limga hukm qilindi

Foto: Globallookpress

Iroqda IShID terrorchilik guruhiga aloqador uch nafar fransiyalik o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Agence France-Presse agentligi xabar berdi.

Kevin Gono, Leonard Lopez va Salim Machu Suriyada IShIDga qarshi kurash olib borayotgan arab-kurd bo‘linmalari tomonidan qo‘lga olingandi.

Mahbuslar fevral oyida yana to‘qqiz nafar fransiyalik bilan birga Iroqqa jo‘natilgandi.

Mahkumlar ixtiyorida apellyatsiya berish uchun 30 kun muddat bor.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid