Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay amiri otdan yiqilib jarohatlangan britaniyalik sayyohning davolanish xarajatlarini to‘lab beradigan bo‘ldi
Dubay hukumati otdan yiqilib og‘ir jarohat olgan britaniyalik sayyoh qizning davolanish xarajatlarini to‘lab beradi, deb ma'lum qildi Dubayning Dubai Media Office matbuot xizmati.
Avvalroq britaniyalik 24 yoshli sayyoh qiz Dubayda otdan yiqilib boshi og‘ir jarohatlangani xabar qilingandi. U ikki marta operatsiya qilingan va uzoq vaqt kasalxonada yotishiga to‘g‘ri keladi.
BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Ol Maqtum qizning oilasi kasalxona xarajatlarini to‘lashga qurbi yetmasligi ma'lum bo‘lganidan so‘ng uning davolanishi uchun barcha xarajatlarni to‘lab berishni buyurdi.
2019 yil 1-choragida Dubayga 4,75 million sayyoh keldi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2%ga ko‘pdir. 2020 yilda Dubayda EKSPO butunjahon ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, amirlik hukumati yiliga 20 million nafar sayyohni qabul qilishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
11:55 / 25.05.2026
Toshkent viloyatida tog‘da jarohatlangan sayyoh qutqarildi
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026