Nima uchun vaqti-vaqti bilan ovqatdan voz kechish parhezda o‘tirishga qaraganda yaxshiroq?

Foto: Pixabay

Vaqti-vaqti bilan och qolish parhezdan nimasi bilan farq qiladi?

Tanaffusli och qolish (Intermittentfasting, IF) – och qolish va cheklovlarsiz ovqatlanish vaqtini navbatma-navbat almashtirish davri. Masalan, sakkiz soat davomida ovqatlanishingiz va kelasi 16 soat davomida och qolishingiz mumkin. Bir sutka ovqatlanib, kelasi sutkada och qolishingiz, agar besh kun ovqatlansangiz, ikki kun och qolishingiz mumkin.

IF’ning parhezdan asosiy farqi ovqatlanish vaqtida o‘zingiz istagan taomni tanlashingizda. Sevimli mahsulotlarni ratsiondan chiqarish, kaloriyalarni hisoblash va porsiyani o‘lchash shart emas. Shuningdek, past kaloriyali parhezdan farqli ravishda holsizlikni his etmaysiz, shuning uchun osonlikcha ovqatlanish rejasiga amal qilishingiz mumkin.

Och qolish yordamida ozish mumkinmi?

Och qolish – ozish uchun yaxshi tanlov emasdek tuyuladi. Axir ratsion keskin qisqartirilganida organizm quvvatni saqlash rejimiga o‘tadi, ovqat olish imkoniga ega bo‘lganida esa kuchli tarzda yog‘ to‘playdi.

Bu mexanizm odamlarni istalgan qat'iy parhezdan keyin vazn to‘plashga majbur qiladi, biroq gap och qolish haqida ketganida u ish bermaydi.

Metabolizm bilan nima sodir bo‘ladi?

Gap shundaki, metabolizmning sekinlashuvi – tezkor jarayon emas. Tana yomon kunlar kelganini tushunishidan avval bir necha kun o‘tishi lozim.  

Bundan tashqari, ilk 14-36 soat och qolish vaqtida metabolizm to‘qqiz foizga ortadi. Ajdodlarimiz qanday sharoitlarda yashaganini yodga olsak, buni tushunish oson. Iste'mol qilishdan avval uni tutish yoki yig‘ib olish kerak edi. Jarayonlar sekinlashgan, quvvat esa mavjud bo‘lmasa, qanday yugurasiz?

Shuning uchun «yopilishdan» avval tana yegulik izlash uchun sizga 2-3 kun beradi va ana undan keyin tejamkorlik rejimiga o‘tadi.

Metabolizm ortganda, ovqat kelib tushmaganida zaxiradagilarni sarflash – yog‘larni eritib, ulardan yoqilg‘i sifatida foydalanish kerak.