O‘zbekiston | 12:53 / 28.05.2019
10285
2 daqiqa o‘qiladi

Elyor G‘aniyev Pokistonga tashrif buyurdi. Ikki tomonlama savdo hajmi 296 mln dollargacha oshiriladi

Foto: Dispatch News Desk

Pokiston va O‘zbekiston 27 may, dushanba kuni ikki tomonlama savdo hajmini 45 milliard rupiy (296 million dollardan ziyod)ga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda Thenews.com.pk yozmoqda.

O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Elyor G‘aniyev dushanba kuni ertalab ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Islomobodga keldi. Bu safar Pokistonning Markaziy Osiyo bilan hamkorligini yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi, deya xabar bermoqda Dispatch News Desk (DND) agentligi.

«Nur» aviabazasida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari va uning delegatsiyasi mamlakat Tashqi ishlar vazirligining yuqori lavozimli mulozimlari tomonidan kutib olindi.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosariga investitsiya va tashqi savdo, transport vazirlarining o‘rinbosarlari va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar hamrohlik qilmoqda.

Islomobodda ikki kunlik tashrifi chog‘ida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan maslahatlashuvlar o‘tkazadi, shuningdek, bir qator federal vazirlar/maslahatchilar bilan uchrashadi.

Elyor G‘aniyev Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan ham uchrashuv o‘tkazgan. Bosh vazir Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalarni ta'kidlab, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiq, iqtisodiy va energetik aloqalarni yanada mustahkamlash zarurligini aytdi.

Foto: Radio Pakistan

Thenews.com.pk saytiga ko‘ra, tomonlar o‘zaro savdo hajmini yiliga 45 milliard rupiy yoki 296 million dollargacha oshirishga kelishib oldilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid