Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand prokuraturasi yerto‘lada yashayotgan ona va bolalar haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi
Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan 2019 yilning 25 may kuni nashri tomonidan «Yerto‘ladagi chaqaloq ovozi. Samarqanddagi «Baxtli hayot»ning baxsiz bolalari» sarlavhasi bilan nashr etilgan maqolada ko‘rsatilgan holat o‘rganib chiqildi.
«O‘rganishda Samarqand shahar, «Baxtli hayot» mahallasi, Baxtli hayot ko‘chasi, 1 -uy, 8-xonadonda yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan R.D. 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro X.P. bilan 2014 yilda turmush qurgani, ularning ikki nafar farzandi borligi, turmush o‘rtog‘i va qaynonasi bilan oilaviy kelishmovchiliklar sababli, Samarqand shahar, «Katta ariq» mahallasidagi turmush o‘rtog‘ining uyidan ikki nafar farzandi bilan chiqib ketgani aniqlangan.
Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, Samarqand shahar, «Baxtli hayot» mahallasi, Baxtli hayot ko‘chasi, 1 -uy, 8-xonadon manzilidagi uy Samarqand shahar hokimligi tomonidan R.D.ning turmush o‘rtog‘i X.P.ga ipoteka krediti asosida berilgan va uyning boshlang‘ich to‘lovi uchun shahar hokimligi tomonidan 10 mln. so‘m berilgan. X.P. esa ushbu pullarni o‘z ehtiyoji uchun sarflab, imtiyozli ipoteka krediti asosida berilgan uyning boshlang‘ich to‘lovlarini to‘lay olmasdan o‘z xohishi bilan uy-joyni shahar hokimligiga topshirgani ma'lum bo‘ldi.
Fuqaro R.D. 2019 yilning 26 may kuni viloyat hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi va shahar hokimligi tomonidan Samarqand shahar, «Baxtli hayot» mahallasi, Baxtli hayot ko‘chasi, 1 -uy, 8-xonadonga kiritib qo‘yilgani ma'lum qilinadi», deyiladi prokuratura xabarida.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026