Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga tashrifini yakunladi. U Xivani dunyoga targ‘ib qilishini aytdi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga uyushtirgan rasmiy tashrifini yakunladi. Avvaliga Toshkentga kelgan Rossiya hukumat rahbari keyinchalik Xorazm viloyatiga safar qildi. Medvedev O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Urganch va Xivaga bordi.
Xorazmni hamkasbi Abdulla Aripov bilan birga aylangan Medvedev tarixiy binolardan zavqlanganini yashirmadi. U Xivani Rossiya va butun dunyoda targ‘ib qilishini ham aytdi: «Ichan qal'a kabi yaxlit holda saqlangan tarixiy shaharlar dunyoda juda kam. Bu yerga kelgan har bir inson hayrat va zavqqa to‘lishi tabiiy. Bugundan boshlab Xiva haqidagi taassurotlarimni Rossiya va xorijiy davlatlarda keng targ‘ib etaman»,- deb Medvedevning so‘zlarini keltirmoqda O‘zA.
Shu tariqa O‘zbekistonga tashrifini yakunlagan Dmitriy Medvedev Xorazmdan Turkmaniston poytaxti Ashxobodga uchib ketdi. 31 may, juma kuni u yerda MDH davlatlari hukumat rahbarlari Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
07:54 / 06.05.2026
«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi Toshkent – Xiva yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi
18:50 / 30.04.2026
Toshkent – Xiva yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi
21:25 / 18.03.2026
2 maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi
14:24 / 14.03.2026