Fan-texnika | 14:17 / 31.05.2019
4944
5 daqiqa o‘qiladi

Huawei  kompaniyasi O‘zbekistondagi diplomatik missiya vakillari uchun yangi texnologiyalar ustunliklarini namoyish qildi 

Foto: Huawei

O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining innovatsion va integratsion yechimlar markazida yurtimizdagi diplomatik missiya vakillari uchun kompaniyaga tegishli yuqori texnologiyalar taqdimoti o‘tkazildi. Tashrif davomida bir qator davlatlar elchilari aqlli qurilmalar, 5G, sun'iy intellekt (AI), bulutli texnologiyalar (Cloud), internet buyumlar (IOT) va xavfsiz shahar qurilishiga doir tizimlar bilan yaqindan tanishishdi. 

Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida yuqori martabali mehmonlar, O‘zbekiston TIV va ShHT xalq diplomatiyasi Markazi vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil qilinib, unda qatnashchilar Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyati haqida ijobiy fikrlar bildirishdi, shuningdek, uni qo‘llab-quvvatlagan holda global bozordagi chaqiriqlar bilan bog‘liq muammolarni hal etishda kompaniyaga muvaffaqiyatlar tilashdi. 

Huawei kompaniyasi 5G texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha jahonda yetakchi hisoblanadi. Bugungi kunga qadar 5G uskunalarni yetkazib berish borasida jahon bo‘ylab 40 dan ziyod shartnomalar tuzilgan bo‘lib, 70 000 dan ortiq baza stansiyalari mijozlarga jo‘natilgan. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflangan uzoq muddatli sarmoyalar beshinchi avlod tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha kompaniyaga oldinga chiqish imkoniyatini berdi. So‘nggi o‘n yil ichida Huawei kompaniyasining ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflagan xarajatlari 70 mlrd. AQSh dollaridan ortib ketdi. 2018-yilda Huawei Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) 5 405 ta patent arizalarini topshirib, dunyo reytingida birinchi o‘rinni egalladi. 

“Xitoyning ilg‘or xususiy kompaniyasi sifatida Huawei ko‘p yillar mobaynida texnologik innovatsiyalarga jiddiy e'tibor qaratdi va 5G sohasida sezilarli natijalarga erishdi. Huawei kompaniyasining jadal taraqqiyoti — bu globalizatsiya sharoitlarida barcha mamlakatlarning o‘zaro manfaatli hamkorligi natijasidir. O‘zbekiston bozoriga kirgandan keyin Huawei ko‘plab ish joylarini yaratish va bir qator yuqori malakali kadrlarni tayyorlash orqali telekommunikatsion sektor rivojiga hissa qo‘shib kelmoqda. Kompaniya mahsulotlari mahalliy aholi o‘rtasida anchagina ommabop. O‘tgan oyda Xitoyga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Huawei ilmiy-tadqiqot markazida bo‘ldi. Ushbu voqea O‘zbekistonda kompaniya faoliyatiga berilayotgan yuksak baho va e'tirofdan dalolat beradi”, - dedi Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan xonim. 

“Bugun biz do‘stona mamlakatlarning hurmatli elchilarini O‘zbekistondagi Huawei ofisiga kompaniyaning mamlakatdagi faoliyati, shu bilan birga, uning jahondagi 5G yo‘nalishida erishgan yutuqlari bilan tanishish uchun taklif qildik. Bizning uchrashuv “O‘zbekistonda - O‘zbekiston manfaatlari uchun” shiori ostida o‘tkazildi. Huawei kompaniyasi 19 yildan ziyod vaqt davomida mamlakat hududida muayyan xizmatlarni ko‘rsatib keladi hamda yosh iste'dodlarni yuksaltirish va ta'lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash singari ijtimoiy jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarga alohida e'tibor qaratadi. Xuddi shunday faoliyatni biz diplomatik vakili bugun bu yerga taklif qilingan har bitta mamlakatda olib boramiz. Biz mehmonlarga ajratilgan e'tibor va biz uchun aytilgan qo‘llov so‘zlari uchun minnatdormiz. Huawei kompaniyasi ham O‘zbekistonda, ham global bozorda yuqori texnologik yechimlarni taqdim qilishda davom etadi”, - deb ta'kidladi O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining direktori Lyu Szyasin. 

“O‘zbekistonda - O‘zbekiston manfaatlari uchun” chaqirig‘i doirasida Huawei kompaniyasi qulay ekotizimni yaratish maqsadida xususiy sektordagi barcha korxonalar, davlat organlari va mamlakatdagi diplomatik missiya vakillari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi. Huawei kompaniyasining innovatsion va integratsion yechimlari markazi ikki kun davomida O‘zbekistondagi 23 ta diplomatik missiya vakillarini qabul qildi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid