Jahon | 07:47 / 31.05.2019
9423
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp sahifasiga mingdan ortiq odamlar AQSh chegarasini buzib o‘tayotganining videosini joyladi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasiga mamlakatning Meksika bilan chegarasini bosib o‘tayotgan minglab odamlar tasvirlangan videoni joyladi. Bu video orqali Tramp demokratlar qarshi chiqayotgan Meksika bilan chegarada devor qurish loyihasi naqadar muhimligiga ishora qildi.

«Bugun Chegara xizmati agentlari noqonuniy muhojirlarning tarixdagi eng katta oqimini aniqlashdi: tong soat 4 da 1 036 nafar noqonuniy muhojir El-Pasodagi chegarani (AQShning Meksika bilan chegarasidagi shahar) bosib o‘tdi.

Demokratlar takrorlanmas chegarachilarimizni qo‘llab-quvvatlashlari va chegaradagi teshiklarni to‘ldirishlari kerak»,- deb yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.

Tramp saylov kampaniyasi davridanoq aytib kelayotgan Meksika bilan AQSh o‘rtasidagi devor qurilishi hamon boshlangani yo‘q. Xalq orasida «Tramp devori» deb atalayotgan loyiha boshlanishiga demokratlar to‘sqinlik qilishmoqda.

Tramp joylagan videoda tong soat 03:21 da odamlar to‘dasi chegarani bosib o‘tayotgani ko‘ringan. Aynan El-Paso Meksikadan kelayotgan muhojirlar oqimining asosiy qismi uchun «o‘tish yo‘li» hisoblanadi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid