Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabzda 19 yoshli besh nafar shaxs ushlandi. Ular uy yerto‘lasidan 90 mln so‘m pulni o‘g‘irlagan
Illyustrativ foto
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 2019 yil 27 mayga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Qushxona mahallasida yashovchi Z.E.ning uyi yerto‘lasidan 90 mln. so‘m puli va 500 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 19 yoshli shaxslar - Bo‘ston mahallasida yashovchi Sh.A., Qushxona mahallasida yashovchi J.X., Xabarlik mahallasida yashovchi M.O‘., Xo‘jaxuroson mahallasida yashovchi D.R. va Xo‘jaxuroson ko‘chasida yashovchi A.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026