Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda MIB xodimi pora olayotganida ushlandi
Bosh prokuratura matbuot xizmati tizimda korrupsiya holatlariga qarshi murosasiz kurash davom etayotgani haqida ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi MIB xodimlari tomonidan fuqaro S.F.ning arizasiga asosan Shayxontohur tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Abdulla Qodiriy ko‘chasida joylashgan kafe oldida MIB Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochisi F.E. ish yurituvidagi javobgarlar M.F. va boshqalardan da'vogar S.F. foydasiga ulushni pul miqdorida ajratish hamda javobgarlarga tegishli bo‘lgan avtomashinani S.F. nomiga rasmiylashtirib berish va ijro ishini tugatish uchun undan 750 ming so‘mni pora tariqasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, F.E. muqaddam ham fuqaro S.F.dan yuqorida qayd etilgan fuqarolik ishi yuzasidan yuritilgan ijro ishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni chiqarib, Mercedes-Benz 320E rusumli avtomashinani uning nomiga rasmiylashtirib berish uchun 2,4 ming dollar va 300 ming so‘m pulni pora tariqasida olgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan F.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

18:38 / 12.06.2025
Avtofalokatda jabrlanganlarga 500 million so‘m zarar qoplab berildi

19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi

08:00 / 05.12.2024