Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda ayol kishining jasadi gilamga o‘ralgan holda topildi. U O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi mumkin
O‘zbekistonning bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 30 may kuni Istanbul shahrining Go‘ztepa mahallasida gilamga o‘ralgan ayol jasadi topilgan.
TIV xabarida aytilishicha, ayolning shaxsini aniqlab bo‘lmagan. Voqea joyidan ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarolariga tegishli hujjatlar bo‘lgan ayollar qora sumkasi topilgan.
Bosh konsulxona mazkur holat yuzasidan tekshiruv olib borayotgan jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari bilan aloqalar o‘rnatgan va ularni o‘zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlik o‘rnatishiga yordam beradi.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026