Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishni boshqa yo‘nalishga ko‘chirib berish evaziga 3 000 dollar talab qilgan institut xodimi ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Mahkama matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Farg‘ona politexnika instituti o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i M.A. fuqaro N.K.ning mazkur institutning 1-kursida “Qurilish” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kelinining o‘qishini vazirlikda ishlovchi tanishlari orqali “Iqtisodiyot” yo‘nalishiga ko‘chirib berish evaziga 3.000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 1.500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026