Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Artel kompaniyasi Ramazon Hayiti ayyomi bilan qutlaydi

Muhtaram vatandoshlar, Artel kompaniyasi barchangizni ezgulik va mehr-oqibat, insoniylik va saxovat timsoli bo‘lmish Ramazon Hayiti ayyomi bilan chin dildan qutlaydi. Sizga va yaqinlaringizga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga fayz va baraka tilaydi. Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini, ishlaringiz esa doimo o‘ngidan kelishini tilab qoladi.
Ezgulik qadimiy zamonlardan yurtimiz aholisiga xos xususiyatlardan biri. Ramazon Hayiti esa jamiyatimizning mehr-oqibat, saxovat, odamiylik fazilatlarini mustahkamlovchi tabarruk bayramdir.
Shu kunda jamiyat ahliga e'tibor ko‘rsatish, ko‘makka muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, barcha yaqinlar-u qo‘ni-qo‘shnilarga yaxshilik qilish yurtimizning har bir fuqarosi uchun nafaqat muqaddas burch, balki ulkan baxtdir. Ramazon Hayit ayyomi mehr-oqibat fazilatlarini yanada kuchaytiradi, yurtimiz aholisini birlashtiradi va yuksak jamiyat sifatida shakllantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: “Bu bayramning ma'no-mazmuni bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatga g‘oyat uyg‘un va hamohang ekanini, o‘ylaymanki, shu saodatli damlarda har birimiz chuqur his etmoqdamiz”.
Haqiqatdan ham, bugungi kunda yosh avlodning ma'naviy va ma'rifiy darajasini yanada oshirish, ularni ezgulik yo‘liga boshlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishi hech bir shubha uyg‘otmaydi.
Qadrli do‘stlar, Ramazon Hayiti ayyomi barchangizga muborak bo‘lsin.
Artel kompaniyasi sizga baxt-saodat, uyingizga fayz-u baraka tilaydi. Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz esa musaffo bo‘lsin!
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

18:17 / 28.02.2024
Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi

16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”

21:55 / 23.01.2024
Ochiq muloqot: Maishiy texnikachilar va Otabek Bakirov bahsi

17:40 / 12.10.2022