Avtomobillarning kunduzgi signal çiroqlari bosqiçma-bosqiç örnatiladi va bu jarayon uçun ma'lum vaqt belgilandi. Bu Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyundagi 460-son “Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida öz aksini topdi.

Qarorning işlab çiqilişiga asosan nimalar sabab böldi va unda qanday maqsad közda tutilgan? Uşbu savollarga javob oliş maqsadida ÖzA muxbiri Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri Pölat Bobojonovga murojaat qildi.

- Avtomobillarda avtomat yonib turadigan kunduzgi signal çiroqlarini örnatiş va undan foydalaniş amaliyoti yöllarda xavfsizlikni kuçaytirişga qaratilgan amaliy çoralardan biridir. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 apreldagi 292-son qarori bilan kunning yoruğ vaqtida barça avtomototransport vositalari yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şartligi belgilab qöyildi.

Ammo bu talabning amalga kiritilişi konstruksiyasida kunduzgi signal çiroqlari mavjud bölmagan avtomototransport vositalarini uşbu jarayonga tayyorlaş (kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlaş)da qöşimça vaqt zarurligini taqozo etmoqda. Şu bilan birga, mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan barça avtomototransport vositalariga majburiy texnik talab sifatida işlab çiqaruvçilar tomonidan avtomat yonib turuvçi kunduzgi signal çiroqlarini örnatiş talabi belgilanmagani natijasida fuqarolar avtomototransport vositalarini özboşimçalik bilan kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlamoqda. Örnatilayotgan kunduzgi signal çiroqlarining sifatsizligi esa avtomobillarga zarar yetişiga sabab bölayotir.

Qolaversa, amaldagi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-moddasida taşqi yoritiş asboblaridan foydalaniş qoidalarini buzgani uçun haydovçilarga eng kam iş haqining ikkidan bir qismi (101 365 söm) miqdorida jarima soliş nazarda tutilgan. Biroq, amalda kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanmagan avtomototransport vositalari haydovçisi ham uşbu norma böyiça ma'muriy javobgarlikka tortilişiga sabab bölmoqda.

Mana şu jihatlarning barçasi çuqur örganilgan holda Hukumatning uşbu sohaga oid yangi qarori tayyorlandi va qabul qilindi.

- Qarorda asosan nimalar nazarda tutilmoqda?

- Qarorga köra, 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlaniş şartligi böyiça talab avtomatik yonib turuvçi kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.