Içki işlar vaziri Pölat Razzaqoviç Bobojonov lavozimidan ozod etildi.
Pölat Bobojonov 1961 yil 1 yanvarda Xorazm viloyatida tuğilgan. 1982 yil Toşkent davlat universitetini tamomlagan, şundan keyin Xorazm viloyatida prokuratura organlarida işlay boşlagan.
U 1992-1999 yillarda Boğot tumani hokimining birinçi örinbosari va Xorazm viloyati hokimi örinbosari lavozimlarida işlagan. 1999 yilda prezident administratsiyasiga işga ötkazilgan.
2000-2011 yillar davomida prokuratura organlarining rahbarlik lavozimlarida - Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari, Boş prokuratura huzuridagi Departament boşliği, Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori lovozimlarida xizmat qilgan.
2011 yilda Xorazm viloyati hokimining birinçi örinbosari bölgan, 2012 yilda Xorazm viloyati hokimi lavozimida iş boşlagan.
Özbekiston prezidentining 2017 yil 4 sentabrdagi farmoni bilan Içki işlar vaziri lavozimiga tayinlangandi.
Unga 2019 yil 12 sentabrda general-leytenant maxsus unvoni berilgan.
Uning iste’fosi sababi ma’lum qilinmagan.












