Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shrabotda gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi kasalxonaga tushdi
2019 yil 4 iyun kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida yashovchi 33 yoshli A.A. uyining ayvonida gaz ballonini tuzatayotgan vaqtida gaz ballonidan gaz sizib chiqib, chaqnash sodir bo‘lishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Oqibatda ayvonning shift va uy-jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda A.A. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:36 / 29.05.2026