Jamiyat | 17:42 / 06.06.2019
28851
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

Foto: Anton Vaganov/TASS

O‘zbekistonning bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 3 iyun kuni Sankt-Peterburg shahri Petrograd tumanida O‘zbekiston fuqarosi, 01.04.1977 yilda tug‘ilgan Oybek Bekchanovich Allanazarovning jasadi topilgan. Ayni paytda tergov organlari tomonidan mazkur holat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

TIV xabariga ko‘ra, bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid