Jahon | 08:18 / 06.06.2019
8038
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada mamlakat tarixidagi eng yirik giyohvand moddalar partiyasi ushlandi

Foto: REUTERS

Yaponiya politsiyasi mamlakat tarixidagi sintetik giyohvand moddalarning eng yirik partiyasini aniqladi. Giyohvand moddalar partiyasi og‘irligi 1 tonnaga yaqinni tashkil qilgan. U dengiz orqali Xonsyu orolining markazidagi Idzu yarimoroliga yetkazilgan.

Ma'lum qilinishicha, qora bozorda bu yukning narxi 60 mlrd iyenni (556 mln dollar) tashkil qilishi mumkin edi. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, voqea bilan bog‘liq holda bir necha kun ichida 7 kishi, jumladan Xitoy fuqarolari qo‘lga olingan. Ularning barchasi kontrabandaga aloqadorligini rad etgan.  

Tergovning fikricha, giyohvand modda Hongkongdan yetkazilgan. Ayni vaqtda xalqaro jinoiy guruhlar va ushbu giyohvand moddani buyurtirgan yapon yakudzasi o‘rtasidagi aloqalar aniqlanmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid