Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi shahar aholisi AQSh bazasi shovqini bois 7 mln dollar kompensatsiya oladi
Tokio oliy sudi Yaponiya hukumatiga AQShning Yokota harbiy bazasi shovqini sababli Fussa shahri aholisiga 7 mln dollar miqdorida kompensatsiya to‘lash majburiyatini yukladi. Kyodo agentligining xabar berishicha, uylari aviabaza yaqinida joylashgan mingga yaqin kishi tovon puli oladi.
"Bazadan chiqqan shovqin me'yordagidan ortib ketgan. U ruhiy charchoqqa olib kelgan va aholining kundalik hayotini izdan chiqargan", - dedi sud raisi Sigeru Nakanisi.
2017 yilda ham Tokio okrug sudi Fussa aholisi da'vosiga ko‘ra ana shunday hukm chiqargandi. O‘shanda kompensatsiya miqdori 5,5 mln dollar atrofida belgilangandi.
Yokota Tinch okeani shimoli-g‘arbiy qismidagi eng yirik AQSh harbiy-transport bog‘lamasi hisoblanadi. AQSh qurolli kuchlarining Yaponiyadagi shtabi ham shu yerda joylashgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026