Sönggi paytlarda zangori ekran orqali katta yutuqlar örtaga «tikilgan» va tavakkalçilikka asoslangan öyinlar juda ommalaşdi. Bunday azart öyinlar epoxasini şubhasiz «ZörTV» telekanali özining «Boriga baraka» körsatuvi orqali boşlab berdi. Mazkur körsatuv qisqa fursatda katta maşhurlikka erişdi, millionlab auditoriya yiğa oldi. Çunki osongina maşina yoki kvartira yutib olişni kim ham istamaydi deysiz.
Azaldan reytingi baland körsatuvlarning «oşiqlari» köp böladi. Birozdan keyin xuddi şunday formatdagi öyinlar boşqa telekanallarda ham paydo böldi. Xususan, «MY5» kanalida «Omad şou», «Mahalla» telekanalida «Kafil şou» kabi körsatuvlar dunyo yuzini kördi. Qatordan quruq qolmaylik deb, «MilliyTV» ham «Millioner şou» va «Oltin kalit» degan dasturlarni boşladi.
Xullas, kun sayin oynai jahon mana şunday tavakkalçilikka asoslangan öyinlarga tölib-toşmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda esa deyarli har kuni bu kabi körsatuvlar halolmi yoki yöq, degan savollarni uçratamiz. Bu kabi savollar asosan diniy xarakterda bölib, javoblar ham diniy manbalar asosida berilmoqda.
Ammo Özbekiston dunyoviy davlat, har kimning vijdon erkinligi kafolatlanadi. Şunday ekan, quyidagi savolga ham javob izlab köriş maqsadga muvofiq: «bu kabi şoular qonuniymi?».
Xöş, aslida bunday öyinlar qay darajada qonunçiligimizga töğri keladi? Uşbu maqolada şu haqida suhbatlaşamiz. Aniqroği, bugun asosan «Boriga baraka» körsatuviga köproq töxtalamiz, çunki buning öziga xos sabablari bor.
Keling, avvalo gapni 12 yil ortga qaytgan holda boşlasak.
Qimorga qarşi kuraş tarixi
2007 yil 28 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimor öyinlarini taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq noqonuniy faoliyatning oldini oliş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-608-sonli qarori qabul qilinadi. Qarorda qimor öyinlarini taşkil etiş va ötkaziş faoliyatini davlat tomonidan tartibga soliş, qimor biznesi rivojlanişining salbiy oqibatlaridan ogohlantiriş masalalari dolzarb ahamiyatga egaligi ta'kidlanadi hamda mutasaddilarga bu böyiça tegişli çoralar köriş vazifasi yuklanadi.
Oradan köp ötmay, aniqroği 2007 yil 16 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining «Qimor öyinlarini taşkil etiş va ötkazişni yanada tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi 176-sonli qarori qabul qilinadi.
Mavzuga oid
Qarorga binoan, 2007 yil 1 sentyabrdan boşlab quyidagilar taqiqlanadi:
Özbekiston hududida qimor öyinlarini va tavakkalçilikka asoslanganboşqa öyinlarni (şu jumladan totalizatorlar) taşkil etiş va ötkaziş (tirajli, bir lahzali va raqamli lotereyalardan taşqari);
qimor öyinlarini va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş va ötkaziş uçun telekommunikatsiya tarmoqlarida, şu jumladan Internet butunjahon axborot tarmoği provayderlari tomonidan xizmatlar körsatiş;
Özbekiston hududiga pul yutuğiga ega bölgan öyin avtomatlarini olib kiriş.
Oradan 2 hafta ötib, 2007 yil 14 sentabr kuni Özbekiston Respublikasining «Qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkazişni tartibga soliş munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Qonuni qabul qilinadi. Ayni şu qonun qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarga qarşi kuraşga mantiqiy yakun yasab beradi.
Qonunga köra, Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarga nisbatan javobgarlik joriy qilinadi.
Şuningdek, öşa qonun bilan Jinoyat kodeksining 8-bölimiga uşbu xatti-harakatlarga quyidagiça ta'rif kiritilgan:
«Qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyin — öyin taşkilotçisi (öyin muassasasi) tomonidan bir yoki undan ortiq iştirokçilar bilan tasodifga (voqeaga) va (yoki) öyin iştirokçisining qobiliyati, epçilligi va boşqa sifatlariga boğliq yutuq töğrisida tuzilgan, tavakkalçilikka asoslangan bitimga muvofiq öyin taşkilotçilari va iştirokçilarining xatti-harakatlari majmuini nazarda tutuvçi öyin, şu jumladan totalizatorlar, kazino, şuningdek öyin avtomatlaridan foydalaniladigan öyin».
Tavakkal ustiga qurilgan tizim
Qisqaça tarix mana şu. Bu gaplarni televideniye orqali berilayotgan körsatuvlarga nima aloqasi bor, deya hayron bölayotgandirsiz?
Köpçilik huquqşunoslarning fikriga köra, bu kabi körsatuvlarda tavakkalçilikka asoslangan öyinlarning unsurlari mavjud.
Çunki mazkur körsatuvlar boşdan oyoq, ya'ni toki uşbu körsatuvda qatnaşiş huquqini qölga kiritişdan tortib, unda biror yutuq yutişgaça bölgan jarayonning barçasi tavakkalçilikka asoslangan. Ayniqsa, yuqorida ta'kidlaganimizdek, «Boriga baraka» körsatuvi şu tipdagi qolgan körsatuvlardan 2ta jihati bilan yaqqol ajralib turadi. Eng qiziği uşbu 2ta unsurning biri ularni oqlaş uçun asos böladi, ikkinçisi esa aksinça. Bir boşidan tuşuntiramiz.
Körsatuvda qatnaşiş tartibi qanday?
«Boriga baraka» körsatuvida iştirok etiş uçun nima qiliş kerak? Buning bir neçta yöllari bor:
1) Click orqali 5 ming söm tölov qiliş;
2) Paynet orqali 5 ming söm tölov qiliş;
3) Crafers dökonlaridan şirinlik xarid qiliş;
4) Atlas savdo markazlarida biron narsa xarid qiliş;
5) Lada markazlariga taşrif buyuriş va bepul kupon töldiriş (taxminimizça bugungi kunda Lada körsatuvga homiylik qilişni töxtatgani sababli bu usuldan foydalanilmayapti).
Şu işlardan birortasini bajarsangiz, öyinda qatnaşiş huquqi kafolatlanganmi? Yöq. Xohlovçilar yuz minglab bölsa kerak, lekin har hafta maksimum 5 nafar iştirokçi asosiy öyinda qatnaşa oladi.
Yuz minglab odamlar orasida omadli 5 kişi qanday tanlab olinadi? Ha, juda töğri topdingiz – tavakkalçilikka asoslangan holda! Ya'ni kompyuter bazaga kiritilgan raqamlarni tavakkalçilik asosida tanlab beradi.
Iştirokçi tanlandi ham deylik. U öyinda qanday ğalaba qozonişi mumkin? Ha, barakalla, bu safar ham töğri topdingiz – tavakkalçilikka asoslangan holda! Ya'ni iştirokçining nima yutişi faqat va faqat tavakkalçilikka asoslangan.
Uşbu jihatlar mazkur körsatuvlarni tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlar sifatida baholaş uçun yetarli emasmi?
Endi yuqoridagi alohida 2ta jihatga töxtalamiz. Avval ijobiysidan boşlaymiz.
«Boriga baraka» bepul iştirok etiş mumkin bölgan yagona körsatuv (edi)
Faqat uşbu körsatuvda qolganlaridan farqli ölaroq, heç qanday moddiy xarajat qilmasdan iştirok etiş imkoniyati ham bor edi. Ya'ni «Lada» markazlariga borib, kupon töldirsangiz kifoya bölardi. Biror narsa sotib olişingiz şart emas. Bu nazariy jihatdan körsatuvda mutlaqo bepul iştirok etiş imkoniyati borligini anglatardi («Lada» markaziga borişdagi transport xarajatlarini hisobga olmaganda).
Qolgan körsatuvlarning birortasida bunday imkoniyat mavjud emas. Iştirokçilardan albatta u yoki bu körinişda xarajat qilişi talab etiladi. Qonunçilikka binoan, qatnaşiş uçun heç qanday moddiy xarajat talab etilmaydigan öyinlar qimor yoki tavakkalçilikka asoslangan öyinlar sifatida baholanmaydi.
«Boriga baraka» qonuniy tomondan ham qimorga oid unsurlarga ega
Endi tanganing ikkinçi tomoniga ötamiz. «Boriga baraka» dasturi şu yönalişdagi barça körsatuvlar orasida qimorga xos eng köp elementga ega öyin hisoblanadi.
Çunki öz navbatida faqat uşbu körsatuvdagina iştirokçi böliş uçun Click va Paynet orqali alohida 5 ming sömlik tölov ham joriy qilingan. Qolgan körsatuvlar (şu jumladan «Boriga baraka»ning özida ham) qatnaşiş uçun biror mahsulot (xizmat) sotib oliş talab etiladi. U yoki içimlik, yoki şirinlik sotib oliş, yoki suğurta kompaniyasi xizmatidan foydalaniş bölişi mumkin.
Ya'ni nazariy jihatdan körsatuvda qatnaşa olmasangiz ham, pulingizga kuyib qolmaysiz (SMS tarzida yuborilganda uşlab qolinadigan 70-80 sömni hisobga olmaganda). Sarflagan xarajatingiz evaziga biror mahsulot olgan bölasiz. Körsatuvda çiqiş esa göyoki Sizga iste'molçi sifatida bonus körinişida taqdim etiladi.
Muayyan tovarlar va xizmatlar iste'molçilari örtasida sotuvlarni rağbatlantiriş maqsadida, öyinda qatnaşganlik uçun qöşimça haq undirilmasdan ötkaziladigan pul-buyum yutuqlari öyinlarini töğri tuşuniş mumkin, çunki bundan közlangan asosiy maqsad – tovar yoki xizmatlarni reklama qilişdir. Faqat eng asosiysi uşbu aksiya qonunçilik talablariga rioya qilgan holda ötkazilişi va aksiya davomida mahsulot (xizmat)ning narxi avvalgidan sun'iy kötarilmasligi şart.
Ammo «Boriga baraka» körsatuvi Click va Paynet orqali qabul qilayotgan 5 ming sömlik tölov evaziga fuqarolar heç narsa olişmaydi. Ularga heç qanday xizmat körsatilmaydi, heç qanday mahsulot berilmaydi. Agar omadi kelmasa, 10, 20, hatto 30 marta tölov qilganlar ham puliga şunçaki kuyib qolaverişadi. Puliga kuyib qolayotgan insonlarning soni minglab, ularning yöqotgan mablağlari esa, jami yuz millionlab summani taşkil qiliş ehtimoli ham yöq emas.
Aynan mana şu qimorning asosiy belgisidir. Tağin buni diniy atama bilan adaştirmang, biz qonunlar bilan taqiqlangan qimorni nazarda tutyapmiz.
Qanday jazo belgilangan?
Özbekistonda qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil qiliş taqiqlanganini bilib oldik, endi bunday xatti-harakatlar uçun qanday jazo berilişini ham aytib ketsak maqsadga muvofiq.
Bunday öyinlarni taşkil qilganlik uçun Jinoyat kodeksining 278-moddasiga binoan, töğridan-töğri jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Unga köra, qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni qonunga xilof ravişda taşkil etiş yoki ötkaziş yetti yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Xulosa
Işonamizki, mazkur masalaga öyin taşkilotçilari va tegişli mutasaddi taşkilotlar öz e'tiborini qaratişadi.
Uşbu maqolada faqat «Boriga baraka» dasturi haqida gapirganimiz aslo noxolislik sifatida körilmasligi kerak. Çunki qimor unsuri mavjudligi ehtimoli yuqori bölgan körsatuv aynan mana şu. Qolganlarini ham xato va kamçiliklardan xoli, bemalol işonsa böladigan şou demoqçi emasmiz. Qonun hujjatlariga köra, qolgan körsatuvlardagi şubhali holatlar haqida alohida maqola qiliş niyatimiz ham yöq emas.
Masalan, birgina holatni olaylik. «Kafil şou» dasturida 200ta maşina (Spark, Cobalt va Tracker) yutuqqa qöyilgani haqida aytilmoqda. Bu taxminan örtaça 15-20 mlrd söm böladi degani. AQŞ dollariga ögirganda örtaça 2 mln dollar atrofida böladi.
Endi soğlom aql bilan ayting-çi, suğurta bozori rivojlanmagan bir paytda kompaniya boş sovrinning öziga 2 mln dollar xarajat qilişiga işonasizmi? Hali taşkiliy jarayonlar, TV xarajatlari va mayda yutuqlarni hisobga olmaganda. Şaxsan men işonmayman.
Buning nimasi şubhali deysizmi? Masalan, «Kafil» suğurta kompaniyasi saytida quyidagi yozuvga duç keldik:
«Şou-dasturda iştirokçilar tomonidan öynaladigan sovğalar soni va ularning tarkibi vaziyatga qarab özgartirilişi mumkin»
Demak, nazariy jihatdan taşkilotçilar istalgan payti 200ta maşina sovrinini bekor qilib, bundan keyin yutuqqa faqat dazmol qöyiladi, deyişi ham mumkin. Mana şu omillar ham berilayotgan va'dalarning qay darajada haqiqat ekanligiga kişida şubha uyğotadi.
Gapning indallosini aytganda, agar uşbu körsatuvlar haqiqatdan qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyin deb topilsa, unda tegişli çoralar körilişi, aksinça, bunday deb topilmasa, unda qaysi asoslarga köra, şunday mazmundagi xulosaga kelinganini keng jamoatçilikka ma'lum qilişlarini sörab qolamiz.
Huquqşunos Dilşod Abduqodirov
Tahririyatdan: Mazkur maqolada ta'kidlangan fikrlar yuzasidan har qanday munosabatni Kun.uz sayti orqali e'lon qilişga, oçiq muloqotga tayyormiz. Asosiysi qonun ustuvorligi ta'minlansa, aholidagi şubha va gumonlarga yeçim topilsa böldi.