7-xonadagi bayram

2026 yil 14 yanvar. Baliqçi tumanidagi çoyxonaning 7-xonasi. Bu yerga Vatan himoyaçilari kuni bayramini nişonlaş uçun Uluğnor tumani ta’lim mansabdorlari yiğildi. Ular safida “RayONO” mudiri va maktab direktorlari bor edi.

Sud qarorida keltirilişiça, öşa kuni jami 6 kişi – Uluğnor tumani maktabgaça va maktab ta’limi bölimi mudiri, uning örinbosari, hududdagi 9-, 5-, 19-, 25-umumta’lim maktablarining direktorlari qimor öynagan. Ular qonunga xilof ravişda örtaga 5 ming sömdan pul tikib, qimorda iştirok etgan.

Holat IIB xodimlari tomonidan aniqlanib, davrada bölgan 205 ming söm hamda iştirokçilarning yonida bölgan 617 ming söm pul mablağlari, şuningdek, öyin qartasi xolislar iştirokida aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

“Qimor öynamadik”

Sud majlisida sudlanuvçilarning birortasi aybiga iqrorlik bildirmagan. Ularning bari qimor öynamagani haqida gapirib, öşa kuni tuşuntiriş xatini imzolab berganiga turli sabablar keltirişgan.

Masalan, “RayONO” mudiri örinbosari aslida qimor öynamaganini, ularni içki işlar bölimiga olib borişib, qimor öynaganliklari böyiça hujjat rasmiylaştirganini, 205 ming söm pul ovqat uçun töplangan mablağ bölganini bildirgan. Şuningdek, u qörqib ketib, stress holatiga tuşib qolgani uçun tuşuntiriş xatini imzolab berganini aytgan.

Direktordan biri IIB xodimlari jarima bilan qutulişlarini aytgani uçun ularga işonib, öz manfaatini öylagan holda tuşuntiriş xatini imzolaganini aytsa, boşqasi öşa kuni közoynagi bölmaganini uçun öqimasdan imzolab berganini ma’lum qilgan.

“Eng katta akulasini uşladik dedi”

Öşa kuni davrada bölganlar orasida lavozim jihatdan “eng kattasi” Uluğnor tumani maktabgaça va maktab ta’limi bölimi mudiri bölgan. U ham sudda aybiga iqror bölmasdan, direktorlarnikiga öxşaş körsatma bergan.

“2026 yil 14 yanvar kuni Uluğnor tumanida harbiy parad qildik. Söng soat 20:00 lar atrofida menga qönğiroq qilib, bayram dasturxoni qilişganini, kelib mehmon bölib ketişni aytişdi. Men rozi bölib, Baliqçi tumanidagi çoyxonaga bordim. 7-xonaga kirganimda 2 yoki 3 kişi qarta öynab ötirganini kördim. Qanaqa öyin öynaşayotganiga qiziqmadim va bilmadim. Xonaga kirganimda hamma men bilan örnidan turib körişdi. Söng oş pişişini kutib ötirdim.