Toşkent şahrida 120 ming dollarni internetdagi qimor öyiniga tikib, talon-toroj qilgan şaxslar foş etildi, deb xabar bermoqda Boş prokuratura huzuridagi Departament.
Departamentning Yaşnobod tumani bölimi tomonidan tijorat bankining murojaatiga asosan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda aniqlanişiça, nomi oçiqlanmagan bankning Yaşnobod filialida bölim boşliği vazifasida işlovçi E.N. “A.” MÇJ mas’ul şaxslari va boşqalar bilan özaro til biriktirib, “B.B.” MÇJga 120 000 AQŞ dollari kredit ajratilişiga erişib, keyinçalik soxta hujjatlarni rasmiylaştiriş orqali kredit mablağini naqdlaştirib olib, 120 000 AQŞ dollarini internetdagi qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyinlarga işlatib, talon-toroj qilişgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qiliş) va 228-moddasi (qalbakilaştiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.








