Jamiyat | 18:55 / 07.06.2019
30560
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

IELTS sertifikatni asli ekanligini tekshirish juda oson!

Xabaringiz bor, 2019-o‘quv yilidan boshlab IELTS sertifikati O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga kirishda bir qator imtiyozlar taqdim etadi.   

Test sinovlari majmuasiga ingliz tili birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun IELTS 5.5, asosiy fan bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlar uchun IELTS 4.5 ko‘rsatkichi bilan kirish imtihonlarida eng maksimal ball beradi.

Ushbu test natijasida olinadigan sertifikat nafaqat yurtimizda, shu bilan birga butun dunyo bo‘ylab ham ko‘plab imtiyozlar taqdim etishini ko‘rishimiz mumkin.

Foto: RIKS Education

Ushbu testning boshqa testlardan afzalligi nimada?

Hozirgi kunda IELTS 140 dan ortiq mamlakatlarda 10.000 dan ortiq tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan tan olinadi va eng ishonchli ingliz tili testi sifatida e’tirof etiladi. IELTSga tayyorgarlik ko‘rish va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish uchun internet tarmog‘ida minglab o‘quv qo‘llanmalari, bepul darslar va turli xizmatlar mavjud. British Council tashkiloti esa ushbu testlarni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekistonda mas’ul tashkilot hisoblanadi.

Qalbaki IELTS haqidagi habarlar rostmi?

Afsuski, test juda mashhur bo‘lganligi bois ba’zi noqonuniy harakatlar ham uchrab turadi. Lekin bundan umuman qo‘rqish kerak emas. Chunki ushbu testni sotish yoki sotib olish, tanish-bilish ishlatish kabi holatlar bo‘lmasligi uchun IELTS testlarini ishlab chiqaruvchi tashkilot — Cambridge Assessment juda kuchli nazoratni o‘rnatgan. Shu bois ushbu test 60 yillik katta tajribaga ega. IELTSning xalqaro miqiyosda obro‘si va hurmati juda yuqori.

O‘zbekistonda IELTS, TOEFL  va boshqa ko‘plab xalqaro sertifikatlarni turli kompyuter dasturlari yordamida o‘zgartirib, yuqori ball ko‘rsatib reklama qilayotgan o‘quv markazlar, o‘qituvchilar haqida ko‘pchilikning xabari bor. Facebook, instagram va ko‘plab internet nashrlarida reklama qilingan xizmatlar orasida ayni shunday qalbaki sertifikatlarni uchratish mumkin. Ishga kiruvchilar orasida ham soxta sertifikatlar uchrab turadi.

Foto: RIKS Education

Nima sababdan bu holatlar ko‘paymoqda?

Sabablardan biri - o‘quvchilarning soddaligi va katta va’dalarga ishonishidir. Shu bilan birga IELTS sertifikatini asli ekanligini tekshirish imkoniyatiga juda kam tashkilotlar ega. Shu sababli ham o‘quvchilar tekshiruvchi organlarga huquqlari buzilishi bo‘yicha murojaat etishmaydi. Natija yaxshi chiqmagandan so‘ng yoki aytilgan kafolat bo‘lmagach, ustozlarini o‘zgartirishni afzal ko‘radilar.

Ta’lim berish bu eng xayrli va fidoiylik talab qiladigan ishlardan biri. Ushbu sohadagi ayni shunday noinsof shaxslarning borligi albatta achinarli holat. Bunga qarshi nafaqat mutasaddi tashkilotlar, shu bilan birga biz hammamiz bir jamoa bo‘lib kurashishimiz lozim.

Qanday qilib IELTS sertifikatini tekshirish mumkin? Bu juda oson!

  1. Sertifikatga e’tibor bering. Undagi maxsus kod o‘chirilmagan (berkitilmagan) bo‘lishi lozim. Maxsus sonlardan iborat kod sertifikatning eng pastki o‘ng qismida yozilgan.
  2. Ushbu kodni maxsus sayt orqali tekshirish mumkin. https://iels.ucles.org.uk/iels-trf/
  3. Ushbu saytdan ro‘yxatdan o‘tish uchun tashkilot xaqidagi anketa to‘ldiriladi. Muassasa-tashkilot rahbari tomonidan mas’ul shaxs tayinlanadi va u xaqidagi ma’lumot xat tarzida saytga yuklanadi.
  4. Yuqoridagi shartlar bajarilgach, IELTS bo‘yicha mas’ul tashkilot sizga saytdan foydalanish uchun login va kirish kodini yuboradi.

Ushbu xizmatlardan oliy o‘quv yurtlari, nodavlat ta’lim muassasalari, davlat organlari va xususiy tashkilotlari bepul foydalanishi mumkin.

Foto: RIKS Education

Ota-onalarga esa ushbu test bo‘yicha ma’lumot olish, imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tkazish, testga tayyorgarlik ko‘rish masalalari, o‘qituvchi-xodim va talabalarning ingliz tilini bilish darajasini, IELTS xalqaro testiga tayyorgarlik darajasini bilib berish uchun na’munaviy testni tashkil etish masalalari bo‘yicha British Councilning Toshkentdagi rasmiy hamkori RIKS Education muassasasiga murojaat etishinigiz mumkin. www.riks.uz, email: info@riks.uz

RIKS Education - British Council O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan IELTS dasturi bo‘yicha rasmiy hamkori, Sambridge Univeristy Exams Pretesting markazi va Oxford University Press ning test o‘tkazish-tadqiqot markazi maqomiga ega Toshkent shahridagi yagona ta’lim muassasasidir. Muassasa 2007-yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Ko‘plab xorijiy tashkilotlar tomonidan e’tirof etilib, xalqaro ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mukofotlangan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid