Men, Asal Ravşanova, şu yil iyunda IELTS topşirdim va 7.0 ball oldim. my.gov.uz portali orqali kompensatsiya uçun ariza berdim va uç hafta içida tölovni oldim. Aslida bu jarayon unçalik murakkab emas, lekin ba’zi nozik jihatlarni oldindan bilib olgan yaxşi.

Kimlar kompensatsiya olişi mumkin?

Kompensatsiya umumiy balli 7 va undan yuqori bölganlarga beriladi. Bu ingliz tilini biliş darajasi yuqori - CEFR böyiça C1–C2 ekanligini tasdiqlagan iştirokçilar imtihon uçun sarflangan mablağni qaytarib oliş huquqiga ega degani. Masalan, agar siz IELTS topşirib, 7.0, 7.5, 8.0 va undan yuqori ball olgan bölsangiz, imtihon xarajatlari qisman yoki töliq qoplab beriladi.

Qisman qaytariş faqat davlat kompensatsiyasi doirasida emas, balki nomzodning özi imtihonni bekor qilgan taqdirda amal qiladi.

Agar imtihon test sanasidan (qoğozli şaklda) 5 hafta oldin yoki (kompyuterli şaklda) 2 hafta oldin bekor qilingan bölsa - mablağ 25 % ma’muriy tölovni çiqarib taşlagan holda qaytariladi. Agar imtihon keyinroq bekor qilinsa — pul qaytarilmaydi.

Xarajatlarni qoplaş dasturi (Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 apreldagi 209-son qaroriga asosan) böyiça mablağni töliq qaytariş imtihondan faqat 7.0 va undan yuqori ball olganlarga qöllaniladi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 apreldagi 209-son qarori töliq matni

Kompensatsiya uçun arizani qanday topşiriş mumkin?

Sörov my.gov.uz portali orqali rasmiylaştiriladi. Şaxsiy kabinetga kirib, “Ta’lim va xalqaro imtihonlar uçun xarajatlarni qoplaş» bölimini tanlang va elektron şaklni töldiring.