Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda turizm obektlariga QR-kodlar o‘rnatish ishlari boshlandi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi «Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 4095-sonli qarorining 3-ilovasi ijrosi yuzasidan zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda, birinchi bosqichda Toshkent shahridagi 20 ta turistik obektga QR-kodlar o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Poytaxtga tashrif buyuruvchi xorijiy hamda mahalliy sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan diqqatga sazovor turizm maskanlariga QR-kodlar o‘rnatilmoqda. Jumladan, QR-kodlar Abulqosim Shayx madrasasi, Suzuk ota majmuasi, Iso payg‘ambarning Muqaddas yuragi bosh cherkovi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri, San'at muzeyi, O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi, Toshkent teleminorasi, Amaliy san'at muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Toshkent hayvonot bog‘i hamda Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyiga o‘rnatildi.
Ushbu QR-kodlar tashrif buyuruvchilarga telefondagi dastur orqali QR-kod o‘rnatilgan obekt va boshqa turistik infratuzilma obektlari haqida ingliz, rus hamda o‘zbek tillarida ma'lumot olish imkonini beradi.
Mavzuga oid
18:57 / 05.02.2026
Yong‘in vaqtida asosiy eshikka emas, evakuatsion chiqish zinasiga yo‘nalish kerak – favqulodda vaziyatlarda qanday harakatlanish lozim?
09:34 / 05.02.2026
Toshkentda yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermagan obektlar faoliyati to‘xtatilmoqda
09:18 / 04.02.2026
“Yuzimni buzib qo‘yishdi” – Toshkentda soxta kosmetologlar jinoiy jazoga tortildi
21:31 / 02.02.2026