Hukumatning «Bozorlar va savdo komplekslarida raqamlaştiriş işlarini samarali taşkil etiş hamda maişiy korrupsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 oktyabrga qadar E-bozor yagona raqamli bozor platformasi sinov tariqasida, 2027 yil 1 martga qadar esa töliq joriy etiladi.

Platforma orqali bozorlar va savdo komplekslarining pasporti, manzili, böş savdo şoxobçalari hamda savdo örinlari haqidagi ma’lumotlar oçiq e’lon qilib boriladi. Şuningdek, fuqarolar bozorlar faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan tanişiş, bozor ma’muriyatiga elektron murojaat yuboriş va unga javob oliş imkoniyatiga ega böladi.

E-bozor platformasi «Soliq» axborot tizimlari kompleksi tarkibida işlaydi. Har bir bozor va savdo kompleksiga soliq organlari xodimlari biriktirilib, ularning faoliyati samaradorligi kunlik tahlil qilib boriladi.

Qarorga köra, bozorlar hududida va ularga tutaş avtotransportlarni vaqtinça saqlaş joylarida tölovlar yagona QR-kod orqali qabul qilinadi.

Bundan taşqari, 2026 yil 1 avgustdan boşlab transport vositalarini jarima maydonçasidan çiqarişga ruxsatnoma faqat ma’muriy işni körib çiquvçi organ va ijro organi tomonidan «Jarima maydonçasi» axborot tizimi orqali QR-kod bilan tasdiqlangan elektron şaklda rasmiylaştiriladi.