Ma'lumki davlat boşqaruvining asosiy va köp tarqalgan şaklini özida aks etgan prezidentlik lavozimiga inson umumxalq saylovlari orqali saylanadi. Avloddan-avlodga ötuvçi monarxiya prinsipidan eng katta farqli jihat ham aslida şu. Lekin dunyoda öz otasining örnini bevosita yoki bilvosita egallagan prezidentlar ham talaygina.

Kiçik Jorj Buş

AQŞ prezidentlari orasida ota-öğil Buşlarning örni katta. 1946 yilda AQŞning Konnektikut ştati Nyu-Xeyven şahrida tuğilgan Jorj Uoker Buş 2001—2009 yillarda mamlakatning 43-prezidenti bölgandi. Uning otasi Jorj Gerbert Uoker 41-prezident sifatida 1989—1993 yillarda davlatni boşqargan.

Aynan ota va öğil Jorj Buşlar uçungina «katta» va «kiçik» qöşimçalari qöllaniladi. Sababi AQŞda sobiq prezident atamasi qöllanmaydi va bu lavozimni egallagan inson umrbod şu nom bilan, faqat raqamlarini körsatgan holda (masalan 41-,43-prezident) nomlanaveradi. Ikkita bir xil ism-şarifli prezidentlarning borligi çalkaşliklarni keltirib çiqarmasligi uçun «katta» va «kiçik» qöşimçalari qöllaniladi.

Aliyevlar sulolasi

1961 yilda tuğilgan Ilhom Aliyev mavzuning yorqin qahramoni, lavozimni otasidan keyin bevosita egallagan şaxs. Uning otasi Haydar (Geydar) Aliyev 1993-2003 yillarda Ozarboyjon prezidenti bölgan. Otasining vafotidan keyin Ilhom Aliyev prezidentlikka öz nomzodini qöydi va şundan keyin qatorasiga tört marta – 2003, 2008, 2013 va 2018 yillarda saylovlarda ğolib çiqqaniça davlatni boşqarib kelmoqda. Uning rafiqasi Mehribon Aliyeva mamlakatning vitse-prezidenti hisoblanadi. Uning öğli kiçik Geydar Aliyev hali 22 yoşda va u biznes bilan şuğullanadi. 

Başar Asad

1965 yilda Damaşqda tuğilgan Başar Asadning otasi Hafiz Asad öşa paytlarda Suriya Harbiy Havo Kuçlari qömondoni, brigada generali edi. Mamlakatdagi diniy ozçilik bölgan alaviylar oilasidan ekanligiga qaramay Hafiz Asad davlat töntarişi uyuştirişga va hokimiyat tepasiga kelişga muvaffaq böladi. Oradan köp ötmay u «Baas» partiyasi boşqaruvini ham egallaydi va vakolatlarini kengaytiriş bilan hokimiyatini mustahkamlab oladi.