Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati pilla topshirish bo‘yicha shartnomaviy rejani bajardi
Samarqand viloyati pillakorlari pilla topshirish shartnomaviy rejasini bajarishdi.
«Ob-havoning seryog‘in kelishi va tabiat injiqlariga qaramasdan viloyatimiz kumush tola ijodkorlari yilning qaldirg‘och hosili bo‘lgan pilla yetishtirish bo‘yicha shartnomaviy topshiriqni 2645 tonna o‘rniga 2646,6 tonnaga yoki 100,1 foizga bajarib yuqori ko‘rsatkichlarga erishdilar», — deyiladi viloyat hokimi E.Turdimovning pillakorlarga tabrigida.
Xususan, Past Darg‘om, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Bulung‘ur, Ishtixon tumanlari pillakorlari viloyatda birinchilardan bo‘lib shartnomaviy rejalarini bajarib yuqori ko‘rsatkichlarga erishishgan. Jumladan, Past Darg‘om tuman pillakorlari 243,8 tonna o‘rniga 272,4 tonna pilla yetishtirib, shartnomaviy rejani 111,7 foizga bajarishgan.
Yetishtirilgan pilla xom-ashyosi yuqori navlarga qabul qilinib, viloyat bo‘yicha har bir qutidan o‘rtacha 56–57 kilogrammdan hosil olingan.
Mavzuga oid
11:30 / 05.04.2026
Samarqand tramvayi - faqat nostalgiya emas, odamlarga nafi tegayotgan tizim
15:24 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
13:24 / 26.03.2026
Yangilangan Imom Buxoriy majmuasidan reportaj
11:26 / 23.03.2026