Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi to‘qqiz qavatli uyda portlash yuz berdi
Samarqanddagi ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida 8 iyundan 9 iyunga o‘tar kechasi portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda stv.uz xabar berdi.
Portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Mahalliy OAVning xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan.
24-umumta'lim maktabi yaqinida joylashgan to‘qqiz qavatli bu binoni mahalliy aholi «Titanik» deb ataydi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, baxsiz hodisa yuz bergan vaqtda xonadonda hech kim bo‘lmagan. Xonadon egalaridan biri hozirda xorijda bo‘lib, xonadondan uning singlisi vaqti-vaqti bilan xabar olib turadi.
Voqea joyiga yetib kelgan yong‘in o‘chirish xizmati xodimlari yong‘inni o‘chirishgan. Hozirda portlashning aniq sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026