Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya terma jamoasi sardoriga mikrofon o‘rniga cho‘tka suqishtirilishi mojaroga sabab bo‘ldi
Futbol bo‘yicha Turkiya terma jamoasi 2020 yilgi Yevropa chempionatining saralash uchrashuvini o‘tkazish uchun Islandiyaga kelganda, terma jamoa sardorining jurnalistlar bilan muloqoti vaqtida u tomon mikrofon o‘rniga idish yuvishda qo‘llanuvchi chyotka uzatildi.
Dastlab turk o‘yinchilari Islandiyaga kelgach bir necha soat tekshiruvdan o‘tkazilishgan, so‘ngra aeroportdan chiqish vaqtida terma jamoa sardori Emre Belezo‘g‘lu turk OAV uchun intervyu berayotganda noma'lum erkak futbolchining og‘ziga cho‘tka tutgan.
Turkiyada ushbu holat haqorat deb qabul qilingan. Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining noroziliklarini bildira boshlashgan. Ish hattoki Turkiya hukumatigacha yetib borgan, vaziyatga Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin munosabat bildirgan.
“Islandiyada terma jamoamizga nisbatan qilingan hurmatsizlikka chidab bo‘lmaydi, biz zarur choralar ko‘ramiz. Terma jamoamiz esa maydonda munosib javob qaytaradi”, deb yozgan Qalin ijtimoiy tarmoqlarda.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026