17:20 / 11.06.2019
9877
Reklama

Carrier va Toshiba shourumlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 10 iyun kuni Artel korxonasi bilan hamkorlikda Carrier va Toshiba kompaniyalari mahsulotlari taqdim etilgan shourumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Artel kompaniyasi konditsionerlash tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalari deb hisoblanadigan Carrier va Toshiba korxonalari bilan hamkorlik qilishni boshladi. Endilikda Artel kompaniyasi Toshiba va Carrier brendlari ostida ishlab chiqarilgan sanoat va yarim sanoat konditsionerlarini O‘zbekiston bozorlarida targ‘ibot qilishni boshlaydi.

Carrier

Carrier kompaniyasi 1902 yilda 17 iyul kuni tashkil qilingan. Bugungi kunda Carrier konditsionerlash, isitish hamda ventilyatsiyalash bo‘yicha innovatsion tizimlarini ishlab chiqaradi. Carrier kompaniyasi o‘z mahsulotlarining ekologik tozaligi bilan  dunyoda nom qozongan, va hozirda tabiatga zarar yetkazmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi.

Toshiba

Toshiba kompaniyasi 1939 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab keng qo‘llaniladigan invertor texnologiyasi aynan Toshiba kompaniyasida ixtiro qilingan. Aytish lozimki, hozirda O‘zbekistonda ishlatilayotgan har 5 konditsioner invertorlik motorga ega.

Toshiba va Carrier mahsulotlari premium klassga tegishli bo‘lib, o‘zining yuqori sifati va qulayligi bilan ajralib turadi. Aytish lozimki, ushbu kompaniyalarning sanoat va yarim sanoat konditsionerlari Sikstin kapellasi, “Kruzenshtern” kemasi, Vnukovo aeroporti, Iskandariya kutubxonasi, Ostankino telemarkazi, Yaponiyaning Sofia universiteti va Rimning Kapitoliy muzeyi kabi joylarda o‘rnatilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Toshiba va Carrier iqlimiy tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Yangi hamkorlik Artel kompaniyasida yaratilgan shart sharoitlar dunyo standartlariga to‘liq javob berishini, kompaniya saviyasi esa dunyoning har qanday yetakchi korxonasi bilan bemalol hamkorlik qilishga imkon berishini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Yangi shourumning manzili: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Kichik xalqa yo‘li, 2. 

Mo‘ljal: Huvaydo restorani.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga tashrif buyuring:

Carrier Uzbekistan Facebook: fb.com/Carrier-Uzbekistan

Carrier Uzbekistan Instagram: @carrieruzbekistan

Toshiba Uzbekistan Facebook: fb.com/Toshiba-Uzbekistan

Toshiba Uzbekistan Instagram: @toshibauzbekistan

Murojaat uchun telefon: +99895 325 55 55

Reklama huquqi asosida

Top