Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon tillari universiteti talabasi Seulda bo‘lib o‘tadigan «Quiz on Korea 2019» viktorinasi finalida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Toshkentdagi Puchon universiteti bilan hamkorlikda Koreyaga bag‘ishlangan «Quiz on Korea 2019» 5-viktorinasini o‘tkazdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-bosqich talabasi Hamidaxon Qahramonova mazkur viktorina g‘olibi bo‘ldi.

U 2019 yil sentyabrda Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan «Quiz on Korea 2019» viktorinasining final bosqichida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi. G‘olibga aviachipta taqdim etiladi hamda Koreyada yashash xarajatlari qoplab beriladi.
Viktorinada O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari hamda Toshkentdagi Koreya Respublikasi ta'lim markazi va «Sejong Hakdang» koreys maktabidan jami 110 nafar talaba ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda viktorina ishtirokchilaridan tashqari, 400dan ortiq tomoshabin qatnashdi hamda koreys madaniyati, tarixi va tili bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Koreya elchixonasi bunday tadbirlarni kelgusida ham o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:50 / 02.02.2026