Muzday qöllar va oftobda isinişga moyillik xavfli darak bölişi mumkin.
Immun tizimi soğligimizga zarar yetkazuvçi taşqi ta'sirlardan himoya qiluvçi barça organ, töqima va hujayralarning yiğindisidir, u orqali biz immunitetga egamiz.
U har kuni hayot uçun kuraşga kirişadi: virus va bakteriyalar hujumini qaytaradi, içki yalliğlanişni bartaraf etadi, öz xususiyatini yöqotgan hujayralarni yöq qiladi va şişlar kelib çiqişining oldini oladi.
Faqatgina bularning barçasi immun tizimimiz bexato işlay olgandagina amalga oşadi.
Immun tizimidagi nosozliklar nimasi bilan xavfli?
Ba'zida immunitet sekinlaşib infeksiyalar hujumini yetarli nazorat qilolmaydigan darajada «dangasa» bölib qolişi mumkin. Bu holatda tomoqning oddiy yalliğlanişidan tortib pnevmoniyagaça bölgan yuqumli kasalliklarga çalinişimiz ehtimoli ortadi va tuzaliş ham köp vaqtni oladi.
Ba'zida esa haddan taşqari faol iş jarayonida bölib, viruslar va begona hujayralar bilan birgalikda öz organizmimizga ham katta zarba berişi mumkin. Bu holatda autoimmun kasalliklari kelib çiqadi:
- revmatoid artrit;
- tarqoq skleroz;
- tseliakiya (glyutenni kötara olmaslik);
- diabet;
- teri sili (volçanka);
- ta'sirçan içak sindromi;
- qalqonsimon bez kasalliklari (masalan, autoimmun tireoiditi);
- doimiy çarçoqlik sindromi.
Bular immunitet kuçayib ketişi sababli yuzaga keladigan kasalliklarning töliq röyxati emas.
Nima uçun himoya tizimimizda bunday kamçiliklar kelib çiqişining aniq sababi olimlar tomonidan öz yeçimini topganiça yöq. Lekin immunitet faoliyati buzilganini bildiruvçi simptomlarni ilk bosqiçlarda aniqlaş imkoniga erişilgan.
Yodda tutiş zarurki, bu belgilar aynan immun tizimiga emas, boşqa kasalliklarga tegişli bölişi ham mumkin.
Ikki holatda ham ularga e'tibor qaratamiz.












