Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Hindiston S-400 tizimini sotib oladigan bo‘lsa unga nisbatan sanksiyalar kiritilishini ma'lum qildi
Hindistonning Rossiyada ishlab chiqarilgan S-400 zenit raketa majmuasini sotib olishi Nyu-Dehli va Vashingtonning mudofaa sohasidagi hamkorligiga xalal berishi mumkin. bu haqda AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Elis Uells ma'lum qildi.
"S-400ga nisbatan xavotirimiz shundan iboratki, bu Hindistonning AQSh qurollari bilan operativ mutanosibligi imkoniyatini cheklaydi. Hamkorlik borasida, mamlakat qanday qurollanish tizimlari va platformasini joriy etishi borasida strategik tanlov qilishga to‘g‘ri keladi", - dedi Uells.
Uning so‘zlariga ko‘ra, S-400 sotib olinadigan bo‘lsa, Hindistonga qarshi sanksiyalar kiritish masalasi "ko‘rib chiqiladi" va AQSh "S-400ni sotib olmasligi uchun Hindistonga qanday yordam berishni muhokama qilishda" davom etadi.
AQSh shuningdek, Turkiyaning ham S-400 tizimini sotib olishiga qarshi chiqmoqda va Anqaraga sanksiyalar solish bilan tahdid qilmoqda. Turkiya o‘z navbatida majmualar AQShga xavf solmasligini va Anqara ularni sotib olishdan voz kechmasligini aytib keladi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026