23:21 / 13.06.2019
12326

ShHTning Bishkek sammiti ishtirokchilari uchun konsert bo‘lib o‘tdi

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchilari uchun Qirg‘iziston milliy filarmoniyasida an'anaga muvofiq, konsert namoyish etildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda ShHTga a'zo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlar rahbarlari ishtirok etdi.

Xabarda aytilishicha, mehmonlar e'tiboriga mintaqa xalqlari san'atining eng sara namunalari havola etildi. Jumladan, o‘zbekcha kuy-qo‘shiqlar olqishlar bilan kutib olindi.

ShHTning navbatdagi sammiti 13-14 iyun kunlari Qirg‘iziston poytaxtida bo‘lib o‘tadi. Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda.

Bugun O‘zbekiston prezidenti Qirg‘iziston va Afg‘oniston prezidentlari hamda BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Top