Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya: AQSh videosi Eronning Ummon ko‘rfazidagi hujumlarga aloqadorligining yetarlicha isboti emas
Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas AQSh markaziy qo‘mondonligi (SeNTKOM) tomonidan tarqatilgan video Eronning 13 iyunda Ummon ko‘rfazida tankerlarga hujumga aloqadorligining yetarlicha isboti hisoblanmasligini aytdi.
“Video yetarli emas. Albatta, biz nimani ko‘rsatishayotganini tushunishimiz mumkin, biroq yakuniy baho uchun bu menga yetarli emas”, deb aytgan Maas.
Vazirning ta'kidlashicha, Germaniya tankerlarga hujumni qat'iyan qoralaydi. “Bu nafaqat erkin savdo, balki butun dunyoga tahdiddir”, deb qo‘shimcha qilgan Germaniya tashqi ishlar vaziri.
13 iyunda Ummon ko‘rfazida ikkita tanker – yapon kemasi Kokuka Courageous va norveg tankeri Front Altair’da hujumlardan keyin portlashlar va yong‘in yuz bergan. Yapon kemasi ekipajini AQSh esminetsi Bainbridge o‘z bortiga olgan, Front Altair ekipaji esa eronlik chegarachilar tomonidan Jask portiga evakuatsiya qilingan..
13 iyunda SeNTKOM rasmiy vakili – kapitan Bill Urban, amerikalik harbiylarning ta'kidlashicha, Eronning Islom inqilobi soqchilari korpusi kemasidagi odamlar Kokuka Courageous kemasi yon tomonidan portlamay qolgan minani yechib olayotganlari videosini e'lon qilgan. AQSh ushbu voqea uchun javobgarlikni Eron zimmasiga yuklagan. Eron esa bu ayblovlarni rad etmoqda.
Mavzuga oid
18:05
AQSh va Eron muzokaralari qanday ketyapti?
17:48
AQSh va Eron yakshanba kuniyoq kelishuv memorandumini imzolashi kutilmoqda – OAV
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026