AQŞ Qurolli kuçlarining markaziy qömondonligi Eron harbiylari Ummon böğozidagi tankerga örnatilib, portlamay qolgan minani yeçib olayotgani tasvirlangan videoni namoyiş etdi.

Qömondonlik xabariga köra, Eron islom inqilobi soqçilari korpusi harbiylari 13 iyun kuni, hujumdan 11 soat ötib «Kokuka Koreyjyers» tankeridan işlamay qolgan minalarni yeçib olişgan.

AQŞ vakilining qayd etişiça, tankerdan evakuatsiya qilingan dengizçilar ayni vaqtda «Beynbrij» esminetsida bölib turişibdi.

13 iyunda Ummon körfazida «Front Altair» va «Kokuka Koreyjyers» neft tankerlariga hujum qilindi. AQŞ bu hodisa ortidan Ummon körfaziga raketa esminetsi yubormoqda.

AQŞ Davlat kotibi Mayk Pompeo Eron hukumatini Ummon körfazidagi tankerlarga uyuştirilgan hujumda aybladi. Eron bu ayblovlarni rad etdi.

Şunga öxşaş holat may oyida BAA sohillari yaqinida kuzatilgandi. Öşanda 4ta tankerga hujum uyuştirilgandi. AQŞ öşanda ham bu hujum ortida Eron turganini aytgan, rasmiy Tehron buni tan olmagandi.