Jahon | 07:59 / 15.06.2019
4925
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada 45 millionga yaqin odam pensiya islohotlariga qarshi norozilik bildirdi

Foto: P Photo / Leo Correa

14 iyunda Braziliyaning ko‘plab shaharlarida Amerika kubogi boshlanishi oldidan pensiya islohotlariga qarshi noroziliklar bo‘lib o‘tdi. 

Todo Noticias kanalining xabar berishicha, norozilik namoyishlari 300 ga yaqin shaharda bo‘lib o‘tgan. Bu namoyishlar Jair Bolsonaru joriy yil boshida prezidentlik qila boshlagan vaqtdagi ilk ommaviy aksiya bo‘ldi.

Ish tashlashlarda hammasi bo‘lib 45 mln kishi ishtirok etgan. Namoyishlar davomida marshlar amalga oshirilgan, yo‘llar to‘silgan, jamoat transporti qisman ishlamagan. San-Paulu, Rio-de-Janeyro va Fos-du-Iguasu shaharlarida to‘qnashuvlar yuz bergan.

Eng ko‘p odam Braziliyaning eng yirik shahri – San-Pauluda ko‘chalarga chiqqan. Bu yerda 14 iyun kuni oqshomda Braziliya va Boliviya o‘rtasidagi futbol uchrashuvi bilan Amerika kubogi start oldi. Shu munosabat bilan shaharda ko‘plab sayyohlar jamlangan bo‘lib, ular jamoat transport ishlamagani sababli qiyinchiliklarga duch kelganlar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid