Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Yevropa Ittifoqiga Yadro qurolini tarqatmaslik kelishuvini bekor qilish bilan tahdid qildi
Eron parlamentining yadro masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Mujtab Zannur Yevropa davlatlariga yadro kelishuvi bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik nima bilan xavf solishini ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, Fransiya, Britaniya va Germaniya 60 kun ichida AQSh bir yil avval tark etgan yadro kelishuvini saqlab qolish bo‘yicha aniq qadamlar qabul qilishi kerak.
Aks holda Tehron uranni boyitish darajasini tinchlik maqsadida zarur bo‘lgan foizgacha ko‘taradi hamda Yadro qurolini tarqatmaslik kelishuvidan chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
“Bundan tashqari, biz qo‘shimcha bayonnomaning bajarilishini to‘xtatishimiz, Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorligimiz darajasini qayta ko‘rib chiqishimiz va Yadro qurolini tarqatmaslik kelishuvidan chiqishni o‘ylab ko‘rishimiz mumkin”, deb aytgan Zannur.
Bu orada Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha vakili Garret Marki AQSh Eronning uranni boyitish darajasini oshirishi haqidagi so‘zlarini “yadro shantaji” deb atagan.
Ummon ko‘rfazida tankerlarga hujumdan keyin AQSh va Britaniya Eronni bunda ayblab chiqqan. Tehronda bunga javoban uranni boyitish darajasi oshirilishi aytilgan.
Mavzuga oid
22:10 / 21.06.2026
Eron Tramp tahdidlaridan so‘ng muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026