Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg AQSh iyulda Turkiyaga qarshi sanksiya kiritishi haqida xabar berdi
Foto: ahvalnews
AQSh Rossiyaning S-400 zenit raketa majmualarini sotib olganligi uchun Turkiyaga qarshi uchta yangi sanksiyalar paketini kiritmoqchi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Bloomberg xabar berdi. Agentlikning yozishicha, sanksiyalar iyulda, Turkiyaga S-400 yetkazib berilganida joriy etiladi.
Xabar qilinishicha, hozirda xavfsizlik kengashi, davlat departamenti va Pentagon «shundoq ham og‘ir davrni boshidan kechirayotgan Turkiya iqtisodiyotini karaxt qiladigan» eng og‘ir sanksiyalar paketini kiritishni muhokama qilmoqda.
Bloomberg Turkiyadagi manbalarga asoslanib yozishicha, Anqara Amerika tahdidlariga quloq solmaydi, chunki «Vashingtonga nisbatan ishonch butkul darz ketgan».
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an iyun oyi o‘rtalarida S-400 majmualarini yetkazib berish bog‘liq masala allaqachon hal bo‘lganini va majmualar iyulning birinchi yarmidan keltirila boshlashini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
00:05
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
22:07 / 07.04.2026
Eron Yaqin Sharqni «zulmatga cho‘mdirish» bilan tahdid qildi
20:16 / 07.04.2026