Jahon | 08:18 / 22.06.2019
7281
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Iroqdagi bazadan personalini evakuatsiya qiladi – OAV 

Foto: EPA

AQSh Iroqdagi bazasidan Lockheed Martin Corp. harbiy-sanoat korporatsiyasi va Sallyport Global harbiy qo‘riqlash kompaniyasining pudratchi bo‘lib ishlayotgan yuzlab xodimlarini ortga chaqirtirib olmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Agentlik manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, Iroq poytaxti Bag‘doddan 80 km uzoqlikda joylashgan Balad bazasidan “xavfsizlikka tahdid” sababli 400 ga yaqin odam evakuatsiya qilinadi.
 
Ta'kidlanishicha, bazada hammasi bo‘lib 800 ga yaqin pudratchi bor. Evakuatsiya 10 kuncha vaqt olishi mumkin.

O‘tgan hafta Balad aviabazasi granatomyotlardan o‘qqa tutilgan. Bundan tashqari, Iroqda amerikalik harbiylar bo‘lgan yana ikkita baza raketa zarbasiga uchragan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid