Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalarning oromgohlardagi favqulodda vaziyatlarda harakatlanish ko‘nikmalari oshirilmoqda
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘quv yili yakunlanib, o‘quvchilarning tabiat qo‘ynidagi statsionar va kunduzgi bolalar oromgohlarida yozgi ta'tili boshlandi.
Bu borada bolalarning hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish bilan birga, oromgohlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shu jumladan, yong‘in xavfsizligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.
Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmat xodimlari tomonidan oromgohlarda xavfsizlik, jumladan, yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBBning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, hozirda oromgohlarda xavfsizlik talablariga rioya etilishi, bolalarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishi, oromgoh hududi va xonalarida yong‘inga qarshi rejim saqlanayotganligini hamda mustahkam qo‘riqlanishini ta'minlash maqsadida tunu-kun navbatchilik tashkil qilingan.
Shuningdek, mavsum davrida bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlari tomonidan doimiy ravishda barcha oromgohlarning xavfsizlik holati va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilib boriladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:34 / 05.02.2026
Toshkentda yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermagan obektlar faoliyati to‘xtatilmoqda
15:42 / 04.02.2026
Toshkentda savdo markazlari yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tekshirilmoqda
23:12 / 01.12.2025
Prezident binolar tashqi devorida kuchli yonuvchan materiallarni qo‘llashni taqiqlashni taklif qildi
14:53 / 13.08.2025