Toşkent şahar hududida insonlar köp yiğilişi ehtimoli yuqori bölgan maskanlar (binolar)da favqulodda vaziyatlar, xususan yonğinlar sodir bölişi mumkin bölgan holatlarda belgilangan xavfsizlik talablariga rioya etilişi yuzasidan profilaktik örganişlar ötkazildi.
Uşbu örganişlar tegişli hamkor taşkilotlar mas’ullaridan taşkil topgan maxsus işçi guruh tomonidan amalga oşirildi. Natijada aniqlangan kamçiliklar töliq bartaraf etilguniga qadar ayrim obektlarning iş faoliyati vaqtinça töxtatildi.
Xususan, kuni keça Uçtepa tumani, Zargarlik köçasida joylaşgan köngiloçar savdo majmuasidagi bolalar öyingohida yonğin xavfsizligi talablari qöpol ravişda buzilgani hamda bu holat insonlar hayotiga xavf solişi mumkinligi qayd etildi. Şu sabab, aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilguniga qadar mazkur obekt faoliyati vaqtinçalik töxtatildi.
Ayni paytda iş faoliyati töxtatilgan obekt tomonidan aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tezkor çoralar körilmoqda.












