Profilaktik örganişlar jarayonida avtomatik yonğin öçiriş tizimlari, avtomatik yonğin haqida xabar beriş vositalari, zaxira evakuatsiya yölaklari, yonğin öçiriş içki jömraklari, «Çiqiş» elektron tablolari, şuningdek, birlamçi yonğin öçiriş vositalari va boşqa maxsus inventarlarning mavjudligi hamda işçi holati tekşirildi.
Mutasaddi taşkilotlar tomonidan aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tavsiyalar berildi.

Şu bilan birga, obektlarning işçi-xodimlariga favqulodda vaziyatlarda töğri harakat qiliş, evakuatsiya qoidalariga rioya etiş va yonğin xavfsizligini ta’minlaş yuzasidan amaliy yöriqnomalar ötkazilib, tuşuntiriş işlari olib borildi.









