Germaniya parlamenti (Bundestag) delegatsiyasining TIQXMMIga tashrifi
Germaniyaning turli partiyalari vakillaridan iborat bo‘lgan Bundestag deputatlaridan tashkil topgan nufuzli rasmiy delegatsiya Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislik institutida bo‘lishdi.
TIQXMMIda o‘tkazilgan rasmiy uchrashuvda Germaniya tomonidan, Bundestagning xalqaro iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi a'zolari hisoblangan deputatlari Folkmar Klyayn (Volkmar Klein-delegatsiya rahbari), Gabriyel Veber (Gabriele Weber), Markus Frommayyer (Markus Frohnmaier), Ottmar fon Xols (Ottmar von Holtz), Til Mansman (Till Mansman), Anetta Ferxeyn (Anette Verheyen - Bundestag sekreteriati referenti), Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisining o‘rinbosari Kristofer Fuks (Christopher Fuchs) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekistondagi loyihalari rahbari Korolina Milov (Corolina Milov) ishtirok etdilar.
Rasmiy uchrashuvda TIQXMMI tomonidan institut rahbariyati bilan birga Germaniyalik hamkorlar bilan hamkorlik faoliyatida ishtirok etayotgan professor o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdilar.
Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar tufayli yaratilayotgan yangi imkoniyatlar va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari hamda so‘nggi davrda olib borilayotgan va yuqori samara berayotgan qarorlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, institutning xalqaro hamkorlik bo‘yicha faoliyati haqida mezbonlarni tanishtirgandan so‘ng institutning ilmiy faoliyati haqida batafsil so‘zlab berishdi.
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.T. Salohiddinov tomonidan TIQXMMI va Germaniyalik hamkorlar, jumladan universitetlar, ilmiy tadqiqot va biznes sohasi tashkilotlari xamkorligida turli yo‘nalishlarda oliy ta'lim, ilmiy tadqiqot va rivojlanish loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan o‘zaro manfaatli faoliyatlar va ularning natijalari to‘g‘risida ma'lumot berildi. Shuningdek Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekistondagi loyihalari rahbari Korolina Milov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda Germaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan turli loyihalar hamda ushbu o‘zaro manfaatli hamkorlikda TIQXMMI bilan birgalikda erishilayotgan va yangi rejalashtirilayotgan o‘zaro manfaatli tadbirlar natijalari to‘g‘risida alohida to‘xtaldi.
O‘z navbatida mazkur tashrifning Germaniya uchun xam muhim ahamiyatini ta'kidlagan Bundestag qo‘mitasi raisi Folkmar Klayn rahbarligidagi delegatsiya a'zolari davra suhbati davomida hamkorlikda olib borilayotgan faoliyatlarga katta qiziqish bildirib, ko‘plab savollar va fikrlar bilan ishtirok etdilar hamda olib borilayotgan o‘zaro manfaatli hamkorlik natijalaridan nafaqat qoniqish hosil qilganlari, balki bunday istiqbollari hamkorliklarni yanada rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash istaklarini bildirdilar. Delegatsiya rahbari Folkmar Klyayn Germaniyada, shu jumladan Bundestagda so‘nggi davrda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholanishini va qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.
Uchrashuv davomida Germaniya Bundestagidan tashrif buyurgan nufuzli delegatsiya a'zolari TIQXMMI va Germaniyaning turli tashkilotlari hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari bilan tanishdilar. Jumladan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi, Birlashgan millatlar tashkilotining taraqqiyot dasturi, Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda TIQXMMI hamkorligida bajarilayotgan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” xalqaro loyihasining birinchi komponenti doirasida TIQXMMIda Germaniyadan keltirilgan zamonaviy jihoz va vositalar asosida yaratilgan yangi “Suv resurslarini boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi va undan amalda foydalanish jarayoni bilan tanishdilar. Institut professor o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida mazkur laboratoriyaning ish sharoitida o‘tkazilgan tanishuv, ayniqsa yangi laboratoriyaning oliy ta'limdagi imkoniyatlari hamda institutda undan foydalanish darajasi mehmonlarda yuqori taassurot qoldirdi. Delegatsiya a'zolari bunday loyihalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi bo‘lmog‘i kerak degan tavsiyani berdilar.
Tashrif yakunida qizg‘in o‘tgan uchrashuv va tanishuvlarni tashkil etgan institut rahbariyatiga chuqur minnatdorlik bildirgan Germaniya Bundestagi delegatsiyasi a'zolari bunday samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, loyihalar sonini oshirishni tavsiya etdilar. Ular o‘z navbatida Germaniya vakillarini ham bunday hamkorlikka yanada ko‘proq jalb etilishiga umid bildirdilar. Ikki tomon vakillari uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari va istiqbollari bo‘yicha kelishib oldilar. Delegatsiya rahbari Folkmar Klyayn TMQXMMIning faxriy mehmonlar kitobida o‘z fikr va istaklarini yozib qoldirdi.
Mavzuga oid
15:29 / 14.11.2024
Bundestagga GuMni taqiqlash taklifi kiritildi
15:47 / 09.11.2024
Shols Bundestagga muddatidan oldin saylovlar sanasini muhokama qilishga tayyor
12:00 / 09.10.2024
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti yana bir nufuzli reytingda dunyoning TOP-1000 talik universitetlari safidan joy oldi
12:18 / 13.09.2024