Bundestag doimiy ravişda kiberhujumlarga duçor bölyapti va hakerlardan yaxşiroq himoyaga muhtoj. Bu haqda Germaniya parlamenti raisi Yuliya Klyokner dpa agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi. «Biz köplab hakerlik hujumlarini qayd etmoqdamiz – Bundestag ommabop nişon», — deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

Xristian-demokrat Klyokner parlament hakerlarga qarşi kuraşiş qobiliyatini oşirişi kerakligini qöşimça qildi.

Iyun oyi boşida Germaniya içki işlar vaziri Aleksandr Dobrindt va Federal jinoiy idora rahbari Xolger Myunx 2024 yilda Germaniyada 131 391 kiberjinoyat qayd etilganini, bu ötgan yilga nisbatan 2,2 foizga kam ekanini ma’lum qildi. Bundan taşqari, Germaniya huquq-tartibot idoralari Germaniyaga xorijdan yoki noma’lum joydan 201 877 ta kiberjinoyat hujumlarini qayd etgan, bu 2023 yilga nisbatan 6 foizga köp.

Ayni paytda, davlat idoralari va boşqa taşkilotlarning işini tarmoqlarni ataylab haddan taşqari yuklaş orqali bloklovçi DDoS hujumlar soni 30,7 foizga oşgan. Germaniyada bunday jinoyatlarning katta qismi Rossiyada qayd etilgan, deyiladi xabarda. Dobrindt Germaniyadagi «rusparast» hujumçilar faolligini Berlin Ukrainani qöllab-quvvatlayotgani bilan izohladi.