Bundestagning budjet qömitasi umumiy qiymati 2,5 mlrd yevrodan ortiq bölgan qöşimça qurol-yaroğ xaridlarini ma’qulladi. Gap yangi standartdagi miltiqlar, razvedka tizimlari, uçuvçisiz uçiş apparatlari va öq-dorilarni sotib oliş böyiça ön bitta loyiha haqida ketayotgani haqida çorşanba kuni, 3 dekabrda, Germaniya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ta’kidlaşiça, bu investitsiyalar bundesver sonini oşiriş rejalari va NATO doirasidagi majburiyatlar asosida qurolli kuçlar jangovar salohiyatini mustahkamlaş çora-tadbirlari bilan boğliq.

Bu mablağlarning qariyb 800 mln yevroga yaqini Heckler & Koch kompaniyasidan 250 mingtagaça G95 miltiqni xarid qilişga yönaltiriladi — bu dastlabki rejadan deyarli ikki baravar köp. Bu bundesver şaxsiy tarkibi soni oşirilgandan söng qurolli kuçlarni töliq qurollantiriş imkonini beradi.

Bundan taşqari, tungi şaroitda jang olib boriş imkonini ta’minlovçi lazer modullari sotib olinadi, şuningdek yangi F-35 qiruvçilari uçun Joint Strike Missile (JSM) turidagi raketalar xaridi hajmi oşiriladi. Bundesver uçun qöşimça ravişda bir neça yuzta Aladin razvedka dronlari ham xarid qilinadi.

Yana bir mudofaa loyihasi — katta hududlarni kuzatişning yangi URANOS KI tizimini işlab çiqiş bölib, u sun’iy intellekt (SI) qöllab-quvvatlovida işlaydi. Dastlab uşbu tizim Litvada bundesverning yangi brigadasi tarkibida joylaştirilişi rejalaştirilgan.

Qöşimça mablağlar, şuningdek, NH90 harbiy-dengiz vertolyoti uçun yangi radar işlab çiqişga va Eurofighter qiruvçisini texnik xizmat bilan ta’minlaş uçun ixtisoslaştirilgan uskunalarga ajratiladi, deyiladi xabarda.

Ma’qullangan boşqa loyihalar qatorida 1700 dan ortiq harbiy yöltanlamas maşinalar, oğir texnika taşiş uçun yarim tirkamalar va Isroilning IAI kompaniyasi işlab çiqargan Heron TP dronlarini sotib oliş ham bor.

Germaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, şu tariqa joriy yilda bundestag tasdiqlagan yirik loyihalar umumiy soni 73 tani taşkil etdi, ularning jami qiymati esa 33 mlrd yevrodan oşdi.