Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘ztransgaz” Farg‘onada jurnalistlar uchun press-tur o‘tkazdi
20 iyun kuni “O‘ztransgaz” AJ Farg‘ona viloyati hududiy gaz ta'minoti filialida “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik. Gazdan foydalanishda xavfsizlik va tejamkorlik omillari” mavzuida Press-tur va Respublika seminari tashkil etdi. Anjumanda “O‘ztrasgaz” AJ ma'sul xodimlari, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.




Jamiyat tadbir davomida 2019-2020 yillarda kuz-qishga tayyorgarlik chora-tadbirlari, gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish borasida jurnalistlarga axborot berib, Farg‘ona shahridagi aholi xonadonlarida foydalanilayotgan tejamkor uskunalar va isitish tizimlari, shuningdek, zamonaviy gaz uskunalaridan foydalanayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan tanishtiruv o‘tkazdi.




Press-tur so‘ngida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda jamiyat mutasaddilari jurnalistlar va aholi vakillari tomonidan berilgan murojaatlarga javob berdilar.
Elmurod Ermatov, Farg‘ona
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
19:31 / 23.02.2026
Behzod Normatov Prezident administratsiyasiga ishga o‘tdi
12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi
17:00 / 27.12.2024
Gazlidagi boshqarma sexida yangi dvigatel o‘rnatildi
18:04 / 14.09.2024